Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jamoat transportida imtiyozli yurish kartasini berish bo‘yicha reglament tasdiqlandi

Jamoat transportida imtiyozli yurish kartasini berish bo‘yicha reglament tasdiqlandi

Hukumatning joriy yil 16-sentyabrdagi 507-son qarori bilan Shahar yo‘lovchilar transportida (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga muvofiq, imtiyozli transport kartalarini olish uchun hududiy transport boshqarmalariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.

Vakolatli organ arizani 2 ish kunida o‘rganib imtiyozli karta berish yoki uning berilishini rad etish haqida murojaat qiluvchiga ma’lumot yuboradi.

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi, imtiyozli karta cheklanmagan muddatga beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring