Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Itlar hujumiga uchragan bolaning sog‘ligi haqida ma’lumot berildi

Itlar hujumiga uchragan bolaning sog‘ligi haqida ma’lumot berildi

Bir muddat oldin Samarqand shahri ko‘chalarining birida bola itlar hujumiga uchragani haqida xabar berilgan edi. 

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, holat joriy yilning 8-iyul kuni Samarqand shahridagi «Yoshlar» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan avtogurargoh (garaj) oldida sodir bo‘lgan. Viloyat IIBga ko‘ra, itlar ham shu «garaj»ga tegishli bo‘lgan.

«Ushbu itlar tezda Obodonlashtirish boshqarmasining Nazoratsiz hayvonlarni ovlash guruhi tomonidan tutilib, Samarqand shahar veterenariya va chorvachilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga topshirildi», – deyiladi IIB xabarida. 

Bolaning salomatligi esa to‘liq nazoratga olingan.

Viloyat IIB rasmiysi Jahongir Sagdullayevning «xabar.uz»ga bildirishicha, hozirda itlarning egasini aniqlash ishlari olib borilyapti. Topilgan taqdirda tegishli tartibda javobgarlikka tortiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring