Issiqxonalar uchun qo‘shimcha 500 mln kub tabiiy gaz yetkazib beriladi
2022-yil 29-oktyabr soat 16:00 holatiga ko‘ra, 586 ta issiqxona xo‘jaliklari bilan shartnoma tuzilib, tabiiy gaz yetkazib berilmoqda. Bu haqda «Xududgazta’minot» AJ axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, issiqxona majmualarining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun «O‘zGazTreyd» AJ tomonidan «Hududgazta’minot» AJga «zangori» yoqilg‘i yetkazib berish hajmi oshirildi. «O‘zGazTreyd» AJ tomonidan joriy mavsumda issiqxona xo‘jaliklarining talabidan kelib chiqqan holda «Hududgazta’minot» AJga 500 million kub metr tabiiy gaz qo‘shimcha yetkazib beriladi.
«Hududgazta’minot» AJ tomonidan kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida mamlakatning barcha hududlarida 244 ta ixtisoslashtirilgan avariya-dispetcherlik brigadalari tashkil etilib, malakali mutaxassislar, asbob-uskunalar va maxsus texnikalar safarbar etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter