Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Vaziyatning keskin kuchayishi munosabati bilan O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Konsullik bo‘limi mazkur mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan barcha zarur ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.

Shuningdek, ularga xavfsiz joylarda bo‘lishni va rasmiy organlarga xabar berilmaguncha o‘z joylarini tark etmaslikni qat’iy tavsiya qilmoqda.

Elchixona fuiarolardan favqulodda vaziyatlarda konsullik bo‘limi telefon raqamlari (+972544851397, 03-672-2466) bilan bog‘lanishni so‘raydi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 7-oktyabr kuni G‘azo hududini nazorat qilib kelayotgan HAMAS harakati Isroil hududida keng ko‘lamli urush harakatlarini boshladi. XAMAS harakati ma’muriyati operatsiya Isroilning Al-Aqso masjididagi “qizil chiziqlar”ni bir necha bor buzganiga javob ekanini ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring