Instabloger «Sevinchka» sheriklari bilan bir nechta ayolni «samosud» qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Instabloger «Sevinchka» tahallusidagi shaxs o‘zining sheriklari bilan birovning uyiga bostirib kelib, ro‘moldagi qizni ro‘mollarini yechib onasini va o‘zini samosud qilgani aks etgan video tarqaldi.
Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, mazkur holat joriy yilning 21 avgust kuni Namangan viloyati Davlatobod tumanida sodir bo‘lgan.
Mazkur janjalni uyushtirgan shaxslar aniqlangan va ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 277-moddasi (bezorilik)ning 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter