Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi ishlab chiqilmoqda

Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi ishlab chiqilmoqda

Moliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan «Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur Nizom davlat xaridlari jarayonida Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish, reyestrga davlat xaridlari ijrochilarni kiritish va undan chiqarish tartibini belgilaydi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, ishtirokchi, g‘olib yoki ijrochi davlat xaridlarida:

  • xarid qilish tartib-taomillari g‘oliblari xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo‘yicha belgilangan shartlar asosida davlat buyurtmachisi bilan shartnoma tuzishni va davlat xaridlarini amalga oshirishni rad etgan yoki boshqacha usulda bo‘yin tovlaganda;
  • ijrochilar belgilangan tartibda majburiyatlarni bajarmaganlikda yoxud tegishli tarzda bajarmaganlikda aybdor deb topilganda, bundan majburiyatlar bartaraf etib bo‘lmaydigan kuchlar oqibatida bajarilmagan yoki tegishli tarzda bajarilmagan hollar mustasno;
  • ishtirokchilar davlat xaridlari jarayonida yolg‘on yoki soxta hujjatlarni taqdim etganlikda, ayni bitta lotda ishtirok etgan affillangan shaxslar yoki manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida ma’lumotlarni ochib bermaganlikda belgilangan tartibda aybdor deb topilganda;
  • ijrochilar tegishli sudning qaroriga muvofiq firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilganda ushbu Reyestrga kiritiladi.

Ishtirokchi, g‘olib yoki ijrochi Reyestrga vakolatli organ tomonidan:

  • tegishli sudning qaroriga;
  • Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaning qaroriga;
  • vakolatli organning xulosasiga asosan kiritiladi.

Insofsiz ijrochi Reyestrga ikki yil muddatga kiritiladi va bu muddat tugaganidan keyin ijrochi Reyestrdan chiqarilgan hisoblanadi.

Reyestrga kiritilgan insofsiz ijrochi ikki yil davomida davlat xaridlarida ishtirok etishi taqiqlanadi. Belgilangan tartibda muddatidan avval Reyestrdan chiqarilgan hollar bundan mustasno.

Reyestrga kiritish to‘g‘risidagi xulosadan norozi bo‘lgan insofsiz ijrochi tegishli sudga murojaat qiladi va faqat sud qaroriga asosan vakolatli organ insofsiz ijrochini muddatidan avval Reyestrdan chiqarishi mumkin.

Reyestrdagi ma’lumotlar barcha uchun ochiq bo‘lib, foydalanuvchilar ulardan erkin va bepul tanishib chiqishi va foydalanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring