Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilhom Aliyev Markaziy Osiyo rahbarlari uchrashuvida mehmon bo‘ladi

Ilhom Aliyev Markaziy Osiyo rahbarlari uchrashuvida mehmon bo‘ladi

Bugun, 14 sentyabr kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan faxriy mehmon sifatida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Tojikistonga keldi.

Ozarbayjon Prezidentini Tojikiston Bosh vaziri Kohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Shundan so‘ng ikki mamlakat rahbarlarining o‘zaro uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir dasturiga ko‘ra, Aliyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvidagi nutqi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvi 14-15 sentyabr kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring