IHT Turizm kengashiga raislik qilish vakolati O‘zbekistonga o‘tdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor masalalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida kuni-kecha Islom hamkorlik tashkiloti Turizm kengashiga raislik qilish vakolati O‘zbekistonga o‘tgani haqida ma’lum qilindi.
Shu munosabat bilan mutasaddilar va hokimlar sohadagi tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan muammolarni, fikr va takliflarini o‘rganishi, ular bilan bamaslahat ish tutishi muhimligi ta’kidlandi.
Davlat rahbari, shuningdek, hozirgi murakkab geosiyosiy va iqtisodiy vaziyatda turizm kabi yangi ish o‘rni yaratadigan, investitsiya va eksportni ko‘paytiradigan sohalarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter