Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar vazirligi xodimi o‘ldirilib, daryoga tashlab ketilgan

Ichki ishlar vazirligi xodimi o‘ldirilib, daryoga tashlab ketilgan

Ichki ishlar vazirligida boshqarma tezkor vakili lavozimida ishlagan xodim o‘zaro kelishmovchilik natijasida ikki nafar shaxs tomonidan qasddan o‘ldirib ketilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu holat 2022-yil 29-sentyabr kuni sodir bo‘lgan. Ichki ishlar vazirligida boshqarma tezkor vakili lavozimida ishlagan xodim o‘zaro kelishmovchilik natijasida ikki nafar shaxs tomonidan qasddan o‘ldirilib, jasadi Chirchiq daryosiga tashlab yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘tkazilgan qidiruv harakatlari davomida jabrlanuvchining murdasi daryodan topilgan.

Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring