Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichimlik suvi tannarxining 21 foizini tashqi qarzlarni qaytarish xarajatlari tashkil qiladi

Ichimlik suvi tannarxining 21 foizini tashqi qarzlarni qaytarish xarajatlari tashkil qiladi

1000 litr ichimlik suv tarif xarajatlarida elektr energiya xarajatlari 27 foizni, mukammal va joriy ta’mirlash xarajatlari 19 foizni, Xorijiy moliya tashkilotlarining jalb etilgan kreditlarini qaytarish xarajatlari 21 foizni, ish haqi xarajatlari 29 foizni, amortizatsiya va boshqa xarajatlar 4 foizni tashkil etadi.

Bu haqda «O‘zsuvta’minot»AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, respublikada 1 metr kub ichimlik suvi ya’ni 1000 litr suv uchun o‘rtacha tarif aholi iste’molchilari 1 384 so‘m, budjet tashkilotlari uchun 2 851 so‘m va boshqa ulgurji iste’mochilarga 3 187 so‘m, 1 metr/kub kanalizatsiya xizmatlari bo‘yicha o‘rtacha tarif aholi iste’molchilari 888 so‘m, budjet tashkilotlariga 1 669 so‘m va boshqa ulgurji iste’molchilarga 2 001 so‘mni tashkil qiladi.

Respublika bo‘yicha 1 metr/kub ichimlik suvi uchun eng arzon tarif qiymati Toshkent shahrida 400 so‘m, eng qimmat tarif qiymati esa Navoiy viloyatida 3 000 so‘mni tashkil etadi (suvni yetkazib berish xarajatlari farqlanishi hisobiga, tariflar har bir viloyat hududlarida har xil shakllantirilgan).

Shuningdek, Qashqadaryoda 2 000 so‘m, Surxondaryoda 2 140 so‘m, Andijonda 1 500 so‘m va Toshkent viloyatida 1 700 so‘mni tashkil qiladi.

«O‘zsuvta’minot» rasmiysining ta’kidlashicha, kelgusida tizimda xizmat ko‘rsatish sifati oshiriladi hamda modernizatsiya qilinadi. Shundan kelib chiqib esa respublikaning barcha hududlarida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun bosqichma-bosqich yangi tariflarga o‘tilishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring