Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumatdagi ayrim xodimlar egallab turgan lavozimidan ozod qilindi

Hukumatdagi ayrim xodimlar egallab turgan lavozimidan ozod qilindi

Vazirlar Mahkamasining 27-fevral 82-sonli qarori bilan tizimda faoliyat olib borgan ayrim xodimlar lavozimidan ozod qilindi.

Jumladan:

  • Sharifbek Shamsiddinovich Hasanov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasining boshlig‘i lavozimidan;
  • Ikrom Axmatovich Sariboyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasining Madaniy meros ob’yektlarini saqlash va asrashga doir ishlarni nazorat qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimidan;
  • Ermat Azimovich Ashirbayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish masalalari shu’basining Kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimidan ozod qilindi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring