Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Markaziy Osiyoda issiq kunlar soni 2 marta ortgan, muzliklarning uchdan biri erib yo‘qolgan» – Shavkat Mirziyoyev

«Markaziy Osiyoda issiq kunlar soni 2 marta ortgan, muzliklarning uchdan biri erib yo‘qolgan» – Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasidagi chiqishida mintaqamizdagi eng dolzarb ekologik muammolar haqida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan:

  • so‘nggi yillarda favqulodda issiq kunlar soni 2 marta ortdi, muzliklar maydonining uchdan bir qismi erib yo‘qoldi;
  • mintaqamiz hududida tuproq yemirilishi jarayonlari 30 milliondan ziyod aholi turmush tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Kuchli chang va qum bo‘ronlari odatiy holga aylanib bormoqda;
  • ichimlik suvi taqchilligi, havo ifloslanishi, bio xilma-xillik yo‘qolishi, qishloq xo‘jaligida hosildorlikning keskin pasayishi kabi muammolar tobora avj olmoqda.

Ta’kidlanishicha, tahlillar Markaziy Osiyo mintaqasida havo haroratining oshishi jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘p ekanini ko‘rsatmoqda.

«Muxtasar qilib aytganda, bu global xavflar keng mintaqamizda o‘zining xatarli nuqtasiga yetib kelmoqda», – degan davlatimiz rahbari.

O‘zbekiston prezidenti mazkur muammolarning yechimi sifatida global miqyosda kam uglerodli iqtisodiyotga o‘tish adolatli, shaffof va inklyuziv bo‘lishi zarurligini ta’kidlagan. Bunda iqlim o‘zgarishidan jiddiy zarar ko‘rayotgan rivojlanayotgan davlatlarning manfaatlari albatta inobatga olinishi shartligi alohida qayd etildi.

«Bu dolzarb muammoni «Katta yettilik» va «Katta yigirmalik» formatlari kun tartiblarida doimiy ravishda ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiqdir», — degan Shavkat Mirziyoyev.

Iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan BMT konferensiyasida davlatimiz rahbari Orol dengizining qurigan tubida mustahkam himoya qalqonini yaratish maqsadida 2 million gektar maydonda o‘rmonlar barpo etilgani haqida ma’lumot berdi. Bu orqali Orol hududida havo ifloslanishi kamaymoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston shaharlarda yashil hududlar maydonini 30 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, buning uchun «Yashil makon» tashabbusi doirasida mamlakatimizda 1 milliard tup ko‘chat ekilayotgani ma’lum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring