Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fuqaroning «chap yurishi» qimmatga tushdi. Yana 5 kishining jinoyatiga ham sabab bo‘ldi

Fuqaroning «chap yurishi» qimmatga tushdi. Yana 5 kishining jinoyatiga ham sabab bo‘ldi

IIV tezkor-qidiruv departamenti, Samarqand viloyat IIB hamda DXX boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tovlamachilik yo‘li bilan bir fuqarodan 50 ming AQSh dollarini undirmoqchi bo‘lgan jinoiy guruh qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, Samarqandda fuqaro o‘zi bilan birga ishlovchi ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘lib yurgani fosh bo‘lgach, ayolning yaqinlari tomonidan tahdidga uchragan.

Joriy yilning 28-mart kuni ayolning qayin ukasi va Toshkent shahridan Samarqandga kelgan ikki nafar shaxslar jabrlanuvchini majburlab avtomashinaga o‘tkazib, o‘g‘irlab ketadi va Samarqand tumani hududidagi dala hovliga olib borib, qiynab, badanining turli xil joylariga tan jarohati yetkazgan. Ayblanuvchilar jabrlanuvchiga 50 ming AQSh dollarini berishni aytib, majburan ikkita tilxat yozdirib olishgan. Tahdidlar kundan-kunga ko‘payib, guruh a’zolari jabrlanuvchi bilan har ko‘rishganida 5 million so‘m va 300 AQSh dollari miqdoridagi pullarni o‘zlashtirishgan. Agarda 50 ming AQSh dollarini bermasa, yalang‘och holdagi videotasvirlarni mahallasiga tarqatib, sharmanda qilishini aytib qo‘rqitishgan.

Fuqarodan tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan ariza asosida 2023-yil 14-aprel kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda jinoiy guruh yetakchisi jabrlanuvchidan 30 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan JKning 137-moddasi 1-qismi, 165-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari va 227-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib 5 nafar shaxslar qamoqqa olingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring