Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fuqaro sudlanganlikning olib tashlangani haqidagi ma’lumotni bepul oladi, qachonki...

Fuqaro sudlanganlikning olib tashlangani haqidagi ma’lumotni bepul oladi, qachonki...

2023-yil 1-sentyabrdan boshlab fuqaro sudlanganlikning olib tashlangani haqidagi ma’lumotni bepul olishi mumkin. Ya’ni, sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanganligi haqidagi ma’lumotnoma sudlanganlik muddati tugagan yoki sudlanganlik olib tashlangan sananing ertasidan kechiktirmasdan tegishli shaxsning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda bepul yuboriladi.

Mazkur tartib Prezidentning 23-mart sanasidagi tegishli qarori bilan belgilab qo‘yilmoqda.

Shuningdek, joriy yilning 1-sentyabridan sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi haqidagi ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligining «Tezkor ma’lumotlar» yagona axborot tizimida avtomatik ravishda onlayn shakllantiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring