Farzandiga jismoniy kuch ishlatgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi yosh bolani urganligi aks etgan video tasvir tarqalgan edi.
Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Xabarda aytilishicha, 2022-yilning taxminan avgust oylarida 1997-yilda tug‘ilgan L.M. Shayxontohur tumanida joylashgan yashash xonadonida farzandi 2020-yilda tug‘ilgan R.S.ga qo‘pol munosabatda bo‘lib jahl ustida urgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi («Qiynash») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
«Tergov harakatlari davom etmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi», – deyiladi poytaxt IIBB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter