Farovon hayot poydevori! – «Mikrokreditbank» rebrending o‘tkazdi
Joriy yil 26-avgust kuni Toshkent shahridagi «Hyatt Regency» mehmonxonasida «Mikrokreditbank» ATBning rebrending tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda «Mikrokreditbank» mehmonlari, jurnalist va blogerlar, shuningdek bankning faol mijozlari ishtirok etishdi.
Marosimda bankning yangi logotipi, uning falsafasi va qo‘llanishi haqida video materiallar taqdim qilindi.
Unga ko‘ra, yangi logotipdagi «M» harfi bu «Mikrokreditbank» so‘zining bosh harfini, yashil rangdagi element to‘g‘ri tanlov, barqarorlik, birlik, muvaffaqiyatni, ikkita ko‘k element poydevor va mustahkam ishonchni, yashil rang – o‘sish va rivojlanishni hamda ko‘k rang esa mukammallik va taraqqiyotni ifodalaydi.
MKBANK – bu yangi brend nomi sifatida «Mikrokreditbank»ning qisqa nomlanishi hisoblanadi.
Yangi shiori – «MKBANK – Farovon hayot poydevori!»
Tadbir davomida «Mikrokreditbank»ning shu kunga qadar bosib o‘tgan yo‘li va erishgan yutuqlari, bank o‘z oldiga qo‘ygan yangi rivojlanish strategiyasi va kelajakdagi rejalari, kutilayotgan transformatsiya jarayonlari hamda 2022-2025-yillarda amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalar haqida ham taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, bank sayti ham yangilangan ko‘rinishda ishga tushirildi.
Eslatib o‘tamiz, «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi PF-3750-son Qarori va Vazirlar Mahkamasining «Aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida»gi 78-sonli qarori bilan tashkil etilgan.
«Mikrokreditbank» ATB O‘zbekistondagi yirik tijorat banklaridan biri bo‘lib, respublika bo‘yicha 71 ta filial, 91 ta bank xizmatlari markazlari, 150 ta 24/7 ko‘rinishidagi maxsus kassalar, 143 ta xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari, 155 ta valyuta ayirboshlash shoxobchalari tarmog‘iga ega. O‘rnatilgan bankomatlar soni 2020 yilda 102 donani tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 529 taga yetkazilgan.
Asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa «Mikrokreditbank» respublika banklari orasida 2020-yildagi 12-o‘rindan bugungi kelib 8-o‘ringa ko‘tarilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter