Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada voyaga yetmagan bolani qo‘shnisi do‘pposladi

Farg‘onada voyaga yetmagan bolani qo‘shnisi do‘pposladi

Ijtimoiy tarmoqlarda 2010 yilda tug‘ilgan shaxsni qo‘shnisi kaltaklaganligi haqidagi xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 31 avgust kuni Furqat tumani Ingichka qishlog‘ida yashovchi voyaga yetmagan X.Q. qo‘shnisi R.Y.ga tegishli «Nexia-3» rusumli avtomashina shinalariga ziyon yetkazganligi sababli, R.Y.ning bundan jahli chiqib, uni urib tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Tibbiyot bo‘limining tashxisiga ko‘ra, X.Q.da bosh, peshona, bo‘yin, o‘ng yelka bo‘g‘imi, teri osti gematomasi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring