Farg‘onada 5 milliard 542 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi AGTKSh 5 mlrd 542 mln so‘mlik yoki 27 ming 700 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
MChJga qarashli 46-sonli AGTKShda gaz sarfini o‘lchash kompleksiga o‘rnatilgan «toraytiruvchi» qurilmaning kirish-chiqish qismidagi gaz jo‘mraklariga davlatlararo standart talablari (GOST 8.586-2005)ga zid ravishda «prokladka» o‘rnatilganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur noqonuniy holat natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 5 mlrd 542 mln so‘m (5 mln 542 ming metr kub)ni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, ushbu hajmdagi tabiiy gaz 27 ming 700 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng.
Aniqlangan holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter