Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Evroittifoqning Rossiyaga qarshi 11-sanksiyalar paketi kuchga kirdi. Unda O‘zbekiston ham bor

Evroittifoqning Rossiyaga qarshi 11-sanksiyalar paketi kuchga kirdi. Unda O‘zbekiston ham bor

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan 11-sanksiyalar paketini e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, yangi paket sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurash choralarini o‘z ichiga oladi, shuningdek, individual sanksiyalar ro‘yxati kengaytiriladi.

Ittifoq Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushida Rossiya harbiy-sanoat kompleksini bevosita qo‘llab-quvvatlovchilar ro‘yxatiga 87 ta yangi tashkilotni qo‘shmoqda, ya’ni ularning tovarlar va ilg‘or texnologiyalar eksportiga nisbatan qattiqroq cheklovlar o‘rnatiladi.

Ular orasida Rossiya va Eron kompaniyalaridan tashqari, Xitoy, O‘zbekiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Suriya va Armanistonda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar ham bor.

Estoniya TIV bergan ma’lumotga ko‘ra, yangi paketning asosiy e’tibori avval joriy etilgan sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun bo‘shliqlarni yopishdir. Xususan, Rossiya Federatsiyasi hududi orqali harbiy maqsadlarda foydalanish mumkin bo‘lgan barcha tovarlarning tranzitini taqiqlash joriy etildi.

Ma’lumot uchun, Rossiyaning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakolatxonasi matbuot xizmati avvalroq Bryussel uchinchi davlatlarga nisbatan cheklovlarni o‘z ichiga oluvchi 11-sanksiya paketini ishlab chiqishda Yevropa Ittifoqining o‘zi uchun xavflarni hisoblamaganini ma’lum qilgandi.

Rossiya vakillarining fikricha, bunday choralar Yevropa uchun iqtisodiy va siyosiy jihatdan salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring