Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erondagi prezidentlik saylovlarining 2-turiga faqat ikki nomzod o‘tdi

Erondagi prezidentlik saylovlarining 2-turiga faqat ikki nomzod o‘tdi

Eronda o‘tkazilgan 14-prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida islohotchilar qanotidan nomzod Masud Pezeshkiyan va konservatorlar qanotidan nomzod Said Jaliliy ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Eron Islom Respublikasi saylov shtabining vakili Mohsen Eslamiyga tayanib Anadolu xabar bermoqda.

Ovozlarni sanash jarayoni tugallangan, mamlakat bo‘ylab ochilgan 59 ming saylov qutilarida 24 million 535 ming 185 ta saylov byulletenlari sanab olingan.

Saylov byulletenlari sanab chiqilgach, Masud Pezeshkiyan 10 million 415 ming 191 ovoz to‘plab, 42,5 foizlik natija bilan yetakchi bo‘ldi. O‘z navbatida, konservativ qanot nomzodi Said Jaliliy 9 million 473 ming 298 nafar ovoz to‘plab, ovoz berishning birinchi bosqichini 38,6 foiz natija bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Shu tariqa, yagona islohotchi nomzod Pezeshkiyan va konservativ Jaliliy 5-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichiga yo‘l oladi.

Ayni paytda Muhammad Bag‘ir G‘olibaf 13,8 foiz bilan uchinchi, Mostafa Purmohammadi esa 0,8 foiz ovoz bilan to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring