Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron o‘zbek yuk tashuvchilaridan undiriladigan ayrim yig‘imlarni kamaytiradi

Eron o‘zbek yuk tashuvchilaridan undiriladigan ayrim yig‘imlarni kamaytiradi

Joriy yiling 18-iyun kuni O‘zbekiston Transport vaziri Ilxom Maxkamov va Eron Islom Respublikasi Yo‘l va shaharsozlik vaziri Mehrdod Bazrposh bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar transport sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirish, transport koridorlarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama qilgan.

Xususan, tomonlar “O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron” uch tomonlama multimodal transport koridorini rivojlantirish va foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan taqdim qilingan bitimni tez orada kelishish, avtomobil transportida yuk tashuvlari jarayonida Eron tomonidan o‘zbek milliy tashuvchilaridan undirilayotgan yig‘imlarni paritet asosida kamaytirish, shuningdek, yoqilg‘i solig‘i yig‘imlarini ham boshqa davlatlarniki bilan tenglashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Shuningdek, tomonlar mamlakatlar o‘rtasida savdo-sotiq munosabatlarini yanada rivojlantirish, yuk tashuvlari hajmini keskin oshirish maqsadida Eron – O‘zbekiston logistika markazini barpo etish, qolaversa, Eron hududida joylashgan Chobahor va Bandar-Abbos portlari hududida o‘zbek tadbirkorlari ishtirokida terminallar va omborlar qurish xususida kelishib oldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring