Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Bir oylik muddati qolgan bo‘lsa ham olmang, yo‘qsa ertaga “aptekama-apteka” yugurasiz»”. Erkinjon Turdimov samarqandliklarni ogohlikka chaqirdi

“Bir oylik muddati qolgan bo‘lsa ham olmang, yo‘qsa ertaga “aptekama-apteka” yugurasiz»”. Erkinjon Turdimov samarqandliklarni ogohlikka chaqirdi

Erkinjon Turdimov Samarqanddagi oziq-ovqat savdo do‘konlarida muddati o‘tib ketgan mahsulotlar ham sotilayotgani yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgan. Viloyat hokimligi axborot xizmatiga ko‘ra, vaziyatni o‘rganish maqsadida viloyat hokimligi tomonidan ishchi guruh tashkil etilgan.

«Jahlim chiqqani, uch oylik bola iste’mol qiladigan «Malyutka»larning ham muddati 6 oylab o‘tib ketgan. Sotuvchi buni bilsa-da, xalqimizni aldab sotayotganini kechirib bo‘lmaydi», – degan hokim videoselektor yig‘ilishida.

Ishchi guruh Samarqand shahri, Samarqand va Bulung‘ur tumanidagi savdo ob’yektlarida bo‘lib, ko‘p joylarda yaroqlilik muddati o‘tib ketgan yoki ishlab chiqarish muddati ko‘rsatilmagan kolbasa, pishloq mahsulotlari sotilayotganiga guvoh bo‘lgan.

To‘rt kunlik o‘rganishi davomida 41 ta savdo shoxobchasini o‘rganilgan va ularda 1736 dona yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlar borligi aniqlandi.

«Hurmatli do‘kondorlar, do‘konning egasimisiz? Oziq-ovqat sotyapsizmi? Noinsoflik qilmang, muddati o‘tgan mahsulotlarni sotmang. Yig‘ishtirib olib keting. Bo‘lmasa, biz sizni yig‘ishtirib olishga majbur bo‘lamiz», dedi viloyat rahbari Erkinjon Turdimov oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘kondorlarga qarata.

Hokim samarqandliklarga murojaat qilib, xarid chog‘ida albatta, mahsulotlarning yaroqlilik muddatini tekshirib olishga chaqirgan.

«Samarqand viloyati aholisi, nimaiki sotib oladigan bo‘lsangiz, «srogi»ga qarang. Iltimos qilib so‘rayman. Chunki do‘konlarimizda vijdonini yutgan sotuvchilar ham, mulkdorlar ham yo‘q emas ekan. Ayrimlar muddati bir kun o‘tib ketganini bilmay qolishi mumkin, lekin oylab muddati o‘tib ketgan mahsulotlar ham sotilyapti. Bir oylik muddati qolgan bo‘lsa ham olmang, baribir bu biror kuni o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Ertaga farzandingizning sog‘lig‘i uchun topgan mablag‘ingizni sarflab, «aptekama-apteka» yugurasiz», – deya kuyinib gapirgan Erkinjon Turdimov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring