Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Er xotinini o‘ldirmoqchi bo‘lmagan…» – viloyat IIB Samarqanddagi voqeaga oydinlik kiritdi

«Er xotinini o‘ldirmoqchi bo‘lmagan…» – viloyat IIB Samarqanddagi voqeaga oydinlik kiritdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida sodir bo‘lgani aytilgan voqea – ayolning yo‘lovchi mashinalarning biriga chiqib, haydovchi ayoldan eri uni urib o‘ldirishini, undan qochib yurganini aytib yordam so‘ragani, erkak (ayolning eri) esa mashina atrofida taxminan 4-6 oylik chaqaloqni ko‘targan holatda ayolni (xotinini) mashinadan tushirmoqchi bo‘layotgani aks etgan video tarqaldi.

Viloyat IIB bergan xabarga ko‘ra, voqea videotasvirda ayolning aytganidek bo‘lmagan, ya’ni er xotinini o‘ldirmoqchi bo‘lmagan, balki oilaviy kelishmovchilik natijasida uyidan chiqib ketgan xotini va bolasini uyiga qaytarmoqchi bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 25-noyabr kuni Ipak yo‘li mahallasi Go‘ro‘g‘li ko‘chasida yashovchi oiladagi er-xotin o‘rtasida yuzaga kelgan oilaviy kelishmovchilik natijasida, xotini uyidan chiqib ketib, qarindoshlarinikida tunab qolgan. Eri ayolini topib, farzandi bilan uyiga qaytarmoqchi bo‘lgan. Ayoli esa uyga bormasligini aytgan vaqtida ular o‘rtasida yana o‘zaro tushunmovchilik yuzaga kelgan. Natijada ayol ko‘chadagi mashinaga o‘tirib, haydovchidan IIBga qo‘ng‘iroq qilishni, eri uni urayotganligini aytgan.

Haydovchi bu haqda 102 raqami orqali murojaat qilgan.

«Ayni damda taraflar hududiy IIBga olib kelingan, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda», – deyiladi viloyat IIB ma’lumotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring