Eng ko‘p pensionerlar qaysi viloyat hissasiga to‘g‘ri kelishi aytildi
2024-yil 1-iyun holatiga Pensiya jamg‘armasida hisobida turib pensiya oluvchi fuqarolar soni 4 mln 8 ming 597 nafarni tashkil qildi.
Jamg‘arma axborot xizmatining pensiya oluvchilar yashaydigan hududlar kesimida bergan ma’lumotiga ko‘ra, jumladan:
- Farg‘ona viloyati – 473 337 nafar;
- Samarqand viloyati – 426 789 nafar;
- Andijon viloyati – 374 667 nafar;
- Toshkent shahar – 367 483 nafar;
- Toshkent viloyati – 365 544 nafar;
- Qashqadaryo viloyati – 357 362 nafar;
- Namangan viloyati – 313 241 nafar;
- Surxondaryo viloyati – 268 066 nafar;
- Buxoro viloyati – 253 604 nafar;
- Xorazm viloyati – 220 681 nafar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 215 679 nafar;
- Navoiy viloyati – 134 829 nafar;
- Sirdaryo viloyati – 102 065 nafar fuqaro pensiya oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter