Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng ko‘p ajrim O‘zbekistonning qaysi hududlarida kuzatilgani aytildi

Eng ko‘p ajrim O‘zbekistonning qaysi hududlarida kuzatilgani aytildi

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida respublika bo‘yicha jami 28 507 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan.

Hududlar kesimida esa Toshkent shahri (3 432 ta) hamda Samarqand (3 041 ta) va Toshkent (2 971 ta) viloyatlari  nikohdan ajralish holatlari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan.

Shuningdek, qolgan hududlarda quyidagicha:

Farg‘ona viloyati – 2955 ta; 

Andijon viloyati – 2896 ta;

Namangan viloyati – 2499 ta; 

Qashqadaryo viloyati – 2270 ta;

Surxondaryo viloyati – 1608 ta;

Buxoro viloyati  – 1605 ta;

Qoraqalpog‘iston R. – 1216 ta; 

Xorazm viloyati – 1183 ta;

Sirdaryo viloyati – 1041 ta;

Jizzax viloyati  – 954 ta; 

Navoiy viloyati – 836 ta. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan filning yanvar-iyun oylarida 19 406 ta nikohdan ajralishlar qayd etilib, ularning 51,8 foizi farzandsiz, 27,8 foizi bitta farzand bilan va 20,4 foizi ikki va undan ortiq farzand bilan ajrashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring