Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi xorij tovarlarini ham iste’mol krediti asosida olish mumkin

Endi xorij tovarlarini ham iste’mol krediti asosida olish mumkin

«Iste’mol krediti to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartish bilan iste’mol krediti hisobidan xarid qilinayotgan tovarlar va xizmatlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bo‘lishiga oid cheklovlar olib tashlandi.

Shuningdek, hujjatga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, moliyaviy iste’mol kreditidan foydalanishda shartnoma tovarni (xizmatni) iste’molchi tomonidan sotib olishga doir shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi mumkin.

Moliyaviy iste’mol krediti berish iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchining yoki realizatsiya qiluvchi sub’yektning (yuridik va jismoniy shaxsning) bankdagi hisobvarag‘iga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablag‘lari o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Moliyaviy iste’mol kreditining naqd pulda berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring