Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektr iste’molidagi «bazaviy me’yor» to‘g‘risida tushuntirish berildi

Elektr iste’molidagi «bazaviy me’yor» to‘g‘risida tushuntirish berildi

Vazirlar Mahkamasining «Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 204-sonli qarori qabul qilinganidan so‘ng aholi orasida qarorning ayrim bandlarini noto‘g‘ri talqin qilish hollari kuzatildi.

Energetika vazirligi matbuot kotibi Hasan Toshxo‘jayev mazkur qaror yuzasidan ayrim tushuntirishlarni berib o‘tmoqda.

Avvalo, elektr energiyasidagi ba’zaviy me’yorlar borasida.

Bunda aholi bir oy davomida 200 kilovatt-soat elektr energiyasi ishlatsa, buning uchun 450 so‘mdan 90 ming so‘m to‘laydi. Lekin bu miqdor 201 kilovatt-soatga oshib ketsa, aslo barchasi uchun 900 so‘mdan to‘lamaydi. Aksincha, agar oy davomida 201 kilovatt-soat elektr energiyasi iste’mol qilincha, shuning 200 kilovatt-soati uchun 450 so‘mdan, faqat bazaviy normadan ortiqcha ishlatilgan 1 kilovatt-soat uchun 900 so‘m pul to‘laydi.

Shuningdek, ayrimlarning endi narx-navo oshib ketadi, mazmunidagi xavotiri ham o‘rinsiz.

Chunki, 2024-yil 1-maydan e’tiboran tadbirkorlik sub’yektlari (ya’ni, I va II guruh vakillari) uchun emas, balki aholi iste’molchilari uchungina tariflar o‘zgarmoqda. Buning esa ishlab chiqarishga hech qanday aloqasi yo‘q.

Mavzuga doir: Yoqilg‘i-energetika sohasidagi islohotlar yuzasidan hukumat qarori qabul qilindi

Bundan tashqari aholi orasida 1-maydan e’tiboran avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida ham narx oshishi borasida gap tarqaldi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, bu tarif o‘zgarishlari faqat aholi iste’molchilari uchun, xolos. Qolaversa, AGTKShlar uchun Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 30 martdagi 173-sonli qarori bilan joriy yil 1 iyunga qadar chakana narxni 3 ming 350 so‘m miqdorida saqlab turish majburiyati yuklatilgan. Shuning uchun 1 iyun sanasigacha bu borada qandaydir o‘zgarish bo‘lishi mutlaqo mumkin emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring