Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektr energiyasiga to‘lovlarda tadbirkorlar uchun yengillik berilishi mumkin

Elektr energiyasiga to‘lovlarda tadbirkorlar uchun yengillik berilishi mumkin

Joriy yilning 20 avgust kuni o‘tkazilgan Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida bildirilgan taklif va tashabbuslar asosida 5 ta yo‘nalishdan iborat «belgilangan vazifalarni amalga oshirish dasturi» doirasida ishlab chiqiladigan qonunchilik hujjatlari loyihalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Energetika vazirligi 2024 yil oktyabriga qadar Tadbirkorlarga elektr energiyasi va gaz ta’minotidan foydalanishda yengilliklar berish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqishi kerak.

Loyihada hisob kitob davrida tadbirkorlar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli shartnomaviy miqdordan ortiq iste’mol qilingan holatlar bo‘yicha qo‘shimcha to‘lov undiriladigan shartnomaviy miqdordan ortiq iste’mol miqdori chegarasini 10 foizda 20 foizga oshirish nazarda tutiladi. Shu bilan birga, qo‘shimcha to‘lov miqdorini belgilangan tarifning 2 baravaridan 20 foizga oshirish rejalashtirilmoqda.                                 

Shuningdek, yuqori va o‘rta barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlarga elektr energiyasi uchun oldindan to‘lovni bir oy mobaynida ikkiga bo‘lib to‘lashga ruxsat berilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring