Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX giyohvandlik savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni qo‘lga oldi

DXX giyohvandlik savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» YPX maskanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona viloyati tomon harakatlanayotgan «Jentra» rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Natijada, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Farg‘ona tumanida yashovchi, 1986 y.t., muqaddam sudlangan fuqaroning qo‘l sumkasida 981 gr. «gashish» moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Boshqa holatda esa Qo‘qon shahrida yashovchi, 1971 y.t., muqaddam sudlangan fuqaro Toshkent shahrining Bektemir tumanida ushlanib, undan 1 kg. 76 gr. «gashish» moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Aniqlanishicha, mazkur shaxs tojikistonlik narkokur’yerlar tomonidan kontrabanda yo‘li bilan Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilib, xufiya joyga yashirib ketilgan ushbu ajal og‘usini Toshkent shahriga olib ketayotgan bo‘lgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona tumanida yashovchi, 1997 y.t. fuqaro 495 gr. «gashish» moddasini 5 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ushlandi.

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan mazkur narkotikning haqiqiy egasi – Farg‘ona tumanida yashovchi, 1997 y.t. boshqa shaxs ekanligi aniqlanib, u ham qo‘lga olindi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Chust tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Namangan shahrida yashovchi, 1984 y.t. fuqaro boshqaruvidagi «Jiguli” rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina salonida bo‘lgan Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yashovchi, 1999 y.t., muqaddam sudlangan ayolning qo‘l sumkasida 305 gr. «gashish» moddasi borligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, avtomashinada Namangan shahrida yashovchi, 1984 y.t., muqaddam sudlangan fuqaro ham borligi ma’lum bo‘ldi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu 3 nafar fuqaro Tojikiston Respublikasidan keltirilgan narkotik moddani Qo‘qon shahridan Namangan shahriga olib ketayotganliklari aniqlangan.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyati ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring