Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Dunyo bo‘ylab» telekanali boshlovchisi antibiotik dori qabulidan so‘ng vafot etdi

«Dunyo bo‘ylab» telekanali boshlovchisi antibiotik dori qabulidan so‘ng vafot etdi

«Dunyo bo‘ylab» telekanalining 31 yoshli boshlovchisi Ramina Yagafarova vafot etdi.

Ma’lum qilinishicha, 12-sentyabr, seshanba kuni kechqurun Ramina Yagafarova Chilonzor tumanidagi xususiy klinikada davolanayotgan onasining yoniga kelgan. Jurnalist tomog‘i og‘rigani sababli o‘zining yonida bo‘lgan «Levofloksatsin» (antibiotik) dorisidan bir dona ichgan. Oradan 10-15 daqiqa o‘tib esa unda tutaqanoq kuzatilgan va hushini yo‘qotgan.

Klinika shifokorlari tomonidan ayolga birinchi yordam ko‘rsatilgan va u reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan, olib borilgan davo muolajalari natijasida Yagafarova hushiga kelgan, ahvoli yaxshilangan.

Biroq 13-sentyabr kuni soat 16:00 larda Yagafarovani takroran tutqanog‘i tutib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay soat 17:50 da biologik o‘lim holati qayd etilgan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

«Xabar.uz» tahririyati marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring