Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dubayga uchgan samolyotning favqulodda qo‘ndirilishiga rasmiy izoh berildi

Dubayga uchgan samolyotning favqulodda qo‘ndirilishiga rasmiy izoh berildi

Fly Dubai aviakompaniyasining Toshkentdan Dubayga uchayotgan samolyotining favqulodda Eronning Sheroz shahridagi aeroportga qo‘ndirilishi avariyaviy holat bilan bog‘liq emas.

Bu haqda «Uzbekistan Airports» AJ axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, favqulodda qo‘nishga samolyot ekipaj a’zolaridan birining ahvoli yomonlashgani sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng, ekipaj tomonidan eng yaqin aeroportga qo‘nish haqida qaror qabul qilingan.

Ma’lumot uchun, bortida 172 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkentdan soat 04:37 da havoga ko‘tarilgan va Toshkent vaqti bilan 07:50 da Dubay aeroportiga qo‘nishi kerak edi. Biroq majburiy qo‘nish tufayli parvoz kechiktirilgan.

Hozirda samolyot Dubayga uchishga hozirlik ko‘ryapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdan Dubayga uchayotgan samolyot bortida avariyaviy holat yuzaga kelgani sabab favqulodda qo‘nishni amalga oshirgani haqida ma’lumot tarqatilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring