Dehlida Abu Rayhon Beruniy haykali o‘rnatiladi
Hindiston poytaxtida joylashgan Jamiya Milliya Islamiya (Jamia Millia Islamia - JMI) universiteti hududida buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy haykali o‘rnatiladi.
O‘zbekiston elchisi Dilshod Ahatov va universitet rektori professor Najma Axtar uchrashuvi chog‘ida bu haqda kelishuvga erishilgan.
Uchrashuv chog‘ida professor Najma Axtar Abu Rayhon Beruniyning boy ilmiy merosiga yuqori baho berib, uning «Kitob ul-hind» asari Hindiston haqida yozilgan ilk noyob ilmiy asarlardan biri ekanini ta’kidladi. Shu bois qomusiy olim haykali uning jahon hamjamiyati, jumladan, hind xalqi oldidagi xizmatlarining yuksak e’tirofi ramzi bo‘ladi.
Abu Rayhon Beruniy haykalini oliy bilim yurtining huquqshunoslik, xorijiy tillar departamenti, dizayn va innovatsiya departamenti, arab-hind madaniyat markazi va boshqa bo‘linmalari tutashgan gavjum maydonchada o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Haykal universitetga O‘zbekiston tomonidan taqdim etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter