Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi nishonlanishi kutilmoqda

Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi nishonlanishi kutilmoqda

O‘zbekistonning tashabbusiga asosan YuNESKO tomonidan Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini dunyo miqyosida keng nishonlash haqida qaror qabul qilinishi kutilmoqda. Bu xaqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev qoraqalpogistonlik saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida ma’lum qildi.

"Shu yil oxirigacha YuNESKOning 2023 yilda qomusiy alloma, birinchi Renessans davrining buyuk namoyandasi Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini dunyo miqyosida keng nishonlash haqida qarori qabul qilinishi kutilmoqda.

Albatta, ushbu tarixiy sanani xalqimiz bilan birgalikda, ulug‘ ajdodimizning yuksak maqomiga munosib ravishda keng nishonlaymiz", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring