Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Bosh prokuraturaga olib beriladi

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Bosh prokuraturaga olib beriladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyati mutlaqo qoniqarsiz deb baholandi va Inspeksiya Bosh prokuratura Departamentiga o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Prezident Mirziyoyev yig‘ilishda Inspeksiya faqat kamchilik aniqlaydigan idoraga aylanib qolganini, profilaktika bilan esa ishi yo‘qligini va tizimida korrupsiya ulushi yuqoriligini tanqid qildi.

Budjet mablag‘ini taqsimlash ham, uni nazorat qilish ham bitta vazirlikda bo‘lishi noto‘g‘ri ekani ta’kidlandi.

Shu bilan birga Hisob palatasi xodimlari budjetdan eng ko‘p mablag‘ oladigan 12 ta vazirlikka biriktiriladi. Vazirliklarning har bir xarajati ular bilan kelishilgandan keyin amalga oshirilishi belgilandi.

Umuman, Departament va Hisob palatasi birgalikda ishlab, yashirin iqtisodiyotni jilovlash va budjet mablag‘larini to‘g‘ri sarflanishi uchun javobgar bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring