Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzordagi «Ippodrom»da otlar ochlikdan o‘layotgani aytildi. Holat nazoratga olingan

Chilonzordagi «Ippodrom»da otlar ochlikdan o‘layotgani aytildi. Holat nazoratga olingan

Bir muddat avval «Mehr va Oqibat» Hayvonlarni muhofaza qilish jamiyati Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan Otchopar (xalq tilida «Ippodrom»)dagi otlarning ochlik sabab nobud bo‘layotgani aytilgan videotasvirni tarqatdi.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi va Milliy gvardiya tomonidan tekshiruv o‘tkazilib, unda hayvonlarni xavfli vaziyatda qoldirilishi oqibatida ikki bosh otning nobud bo‘lgani, qolgan otlarning holsizlik holatiga kelib qolishi sabablari o‘rganilgan.

Yakuniy tekshiruv natijalariga ko‘ra, otlarning holsizlanishi va nobud bo‘lishida aybdor bo‘lgan shaxslar – 1958-yilda tug‘ilgan S.A. va 1958-yilda tug‘ilgan U.A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi, 1-qismi (Hayvonlarga nisbatan shavqatsiz munosabatda bo‘lish)da nazarda tutilgan huquqbuzarlik bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Ularning har biriga 900 ming so‘mdan jarima ham solingan.

«Shu bilan birga, Otchopar rahbariyatini almashtirish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda», – deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring