Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chet ellarda  200 nafar o‘zbekistonlik muhojirning pasportlari olib qo‘yilgan – TIV

Chet ellarda  200 nafar o‘zbekistonlik muhojirning pasportlari olib qo‘yilgan – TIV

2023-yilda chet davlatlarda pasporti ish beruvchilar tomonidan noqonuniy tarzda olib qo‘yilgan 200 nafar o‘zbekistonliklarga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari qaytarilgan.

Bu haqda TIV Matbuot xizmatining o‘tgan yili davomida vazirlik faoliyatiga doir hisobotida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2023-yilda Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari tomonidan O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, vatandoshlar bilan muloqotni mustahkamlash bo‘yicha ham ko‘plab ishlar amalga oshirilgan.

Xususan, konsullik-huquqiy faoliyat doirasida 231 mingdan dan ziyod O‘zbekiston fuqarolariga konsullik xizmatlari ko‘rsatilgan, 8 965 nafar o‘zbekistonlikni chet elda ish bilan ta’minlashga ko‘maklashilgan.

Shuningdek, xorijda moddiy jihatdan murakkab vaziyatda qolgan 5 117 nafar fuqaroga moddiy yordam berilib, 585 nafar chetda qiyin vaziyatlarda qolgan fuqaro Vatanga qaytarilgan.

150 nafardan ziyod fuqarolar vaqtincha saqlash muassasalaridan olib chiqilgan.

«Jismoniy va yuridik shaxslardan umumiy hisobda 134 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan. Ulardan 15 300 tasi Vazirlik Konsullik-huquqiy departamentiga, 119 mingdan ortig‘i chet eldagi vakolatxonalarimizga yuborilgan», – deyiladi rasmiy hisobotda.

Shu bilan birga, 2023-yil davomida 146 mingdan ziyod chet el fuqarolariga O‘zbekistonga kirish vizalari rasmiylashtirilgan, shundan 91 mingdan ortig‘i elektron tarzda berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring