Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chegarada tanasiga dorilar yashirib o‘tishga uringan shaxs ushlandi

Chegarada tanasiga dorilar yashirib o‘tishga uringan shaxs ushlandi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona post orqali qo‘shni mamlakatdan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqaro xatti-harakatlari bojxona xodimlarining e’tiborini tortdi.

O‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik natijasida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan hamda deklaratsiyalanmagan, fuqaro o‘z tanasining oyoq qismlariga oldindan yashirib olingan 199 dona «Anaferon» nomli dori vositalarini borligi fosh etildi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Dorilar va farmatsevtika faoliyat haqida»gi qonunga muvofiq, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish faqat dorixonalar  tomonidan amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring