Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda muhofaza hududidagi 125 tup daraxt kesib tashlangani aniqlandi

Buxoroda muhofaza hududidagi 125 tup daraxt kesib tashlangani aniqlandi

Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi muhofaza zonasida jami 125 tup daraxt noqonuniy kesib tashlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Peshku tumanining «Mustaqillik», «Chig‘irchi», «Yangibozor», «Sadir» va «Malishoyak» mahallalari hududidan oqib o‘tuvchi «Zandani» kanalining muhofaza zonasida o‘sib turgan jami 125 tup daraxt, shundan 23 tup kam qimmatli, 102 tup qimmatbaho daraxtlar kesilgan.

Dastlabki xulosaga ko‘ra, hududda daraxtlar kesilishi oqibatida tabiatga 1,7 mlrd. so‘mdan ortiq juda ko‘p miqdordagi zarar yetkazilgan.

Aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari o‘tkazish uchun ichki ishlar organlariga yuborildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring