Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda yer sotmoqi bo‘lgan ayol ushlandi

Buxoroda yer sotmoqi bo‘lgan ayol ushlandi

G‘ijduvon tumanida yashovchi 32 yoshli fuqaro Sh.J. (ayol) R.Ch.ni aldab, unga Navoiy viloyati, Nurota tumani, Yangihayot mahallasi, «Istiqlol» hududidan 25 gektar yer maydonini olib berishni va’da qilgan.

Evaziga esa undan ming 25 AQSh dollari undirishni ko‘zlagan.

Sh.J. o‘z «mijozi»ga yer maydonining aslida, tuman hokimligi zahirasida ekanini bildirmagan.

Joriy yilning 14 fevral kuni 16:30 larda Buxoro viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir vaqtida ayol Buxoro tumani markazida joylashgan umumiy ovqatlanish shahobchalaridan birida talab qilgan pulining 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodekksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring