Buxoroda «Cobalt»ning gaz balloni kutilmaganda portlab ketdi
![Buxoroda «Cobalt»ning gaz balloni kutilmaganda portlab ketdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/7/720_460_95_3719869412.jpg)
Bugun, 29 sentyabr kuni, soat 09:37 da Buxoro shahridagi Islom Karimov ko‘chasida joylashgan viloyat «Hududgazta’minot» AJ binosi oldidagi mashinalar to‘xtab turish joyida kuchli portlash yuz berdi. «Xabar.uz»ning Buxoro viloyatidagi jurnalisti voqeani o‘rgandi.
Voqea joyiga zudlik bilan ichki ishlar idoralari hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari yetib kelgan.
Ma’lum bo‘lishicha, «Cobalt» avtomashinasi «Hududgazta’minot» aksiyadorlik jamiyati xodimlaridan biriga tegishli bo‘lib, portlash sodir bo‘lgan vaqtda avtomobil egasi o‘z xizmat xonasida bo‘lgan. Mutaxassislar birinchi xulosaga ko‘ra, avtomashina gaz bosimi yuqoriligi sababli portlab ketgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.
Portlash oqibatida bir nechta avtomashinalar yengil shikastlangan. Jarohatlanganlar bir nafar va vafot etganlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter