Bugun Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi.

Bugun 10 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Tashrif kun tartibida qator iqtisodiy va ijtimoiy ob’yektlar faoliyati bilan tanishish, aholi bilan muloqot qilish, viloyatni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyev fevral oyining boshida vodiy viloyatlari – Andijon, Farg‘ona va Namanganga borib, tadbirkorlar faoliyati bilan tanishgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter