Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun havo biroz bulutli bo‘lib, 42-44 daraja issiq bo‘ladi

Bugun havo biroz bulutli bo‘lib, 42-44 daraja issiq bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24 iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat 33-38 daraja, ba’zi joylarda esa 42-44 darajagacha bo‘ladi. Kechqurun shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 20-22 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-36 daraja issiq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28 daraja bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring