Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun faqat Toshkent viloyati hududlariga yog‘ingarchilik «va’da» qilinyapti

Bugun faqat Toshkent viloyati hududlariga yog‘ingarchilik «va’da» qilinyapti

O‘zgidromet bugun respublika bo‘ylab havo haroratining kunduz kuni 2-7 daraja iliq bo‘lishini, ba’zi joylarga esa tuman tushishini prognoz qilmoqda.

Markazga ko‘ra, bugun O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ertalab biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Poytaxtda ertalab biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Tashkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -3 daraja sovuq 2 daraja iliq orasida bo‘ladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring