Budapeshtda O‘zbekiston Elchixonasi ochildi
27-mart, dushanba kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida O‘zbekiston Elchixonasi ochilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.
Diplomatik vakolatxonaning ochilishi bevosita O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi va Vengriya hukumati rahbarining har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi tufayli amalga oshgan.
Tadbirda O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov, Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto, shuningdek, keng jamoatchilik, siyosiy, ishbilarmon doiralar vakillari, mahalliy OAV xodimlari ishtirok etdi.
Baxtiyor Saidov o‘z nutqida O‘zbekiston ochiq, pragmatik, tinchliksevar tashqi siyosat yuritayotgani, barcha davlatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalar rivojlanib borayotgani, xususan, Vengriya bilan hamkorlikni kengaytirish mamlakat tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi.
O‘z navbatida, Peter Siyyarto ham O‘zbekiston Elchixonasining ochilishi ikki tinchliksevar mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarda kuzatilayotgan ijobiy o‘sishning tasdig‘i ekanini ta’kidladi.
Elchixona binosi Budapesht shahrining markaziy hududida joylashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter