Bu yil abituriyentlarning yarmi 56,7 ball ham to‘play olmadi
«mandat.uzbmb.uz» saytidagi ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda 888 ming 472 nafar abituriyent testga kirgan.
439 ming 337 nafar (49,4%) abituriyent o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 balni ham to‘play olmagan.
56,7 dan ko‘p ball to‘plagan abituriyentlar soni 449 ming nafarni (50,6%) tashkil qilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 2022 yilda 51,2% foiz, aniqrog‘i 550 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagan edi. Joriy yilda bu ko‘rsatkich 49,4% ga tushgan.
2023 yilda eng yomon ko‘rsatkich, Sirdaryo viloyatida (54,9%), nisbatan yaxshiroq natija esa xuddi o‘tgan yildagidek Toshkent shahrida (40,8%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang).
8 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan. O‘tgan yili 9 ta hudud edi, joriy yil Namangan viloyati natijani yaxshilab, 50% dan pastga tushgan.
O‘tgan yilga qaraganda natijasini eng ko‘p yaxshilagan 5 ta hudud:
Toshkent shahri — 4,4%
Buxoro — 4,4%
Toshkent viloyati — 3,5%
Namangan — 3,3%
Farg‘ona — 2,4%
Sirdaryo va Andijon viloyatida esa natija o‘tgan yilgiga qaraganda yomonlashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter