Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliya hukumati Toshkentda elchixonasini ochmoqchi

Braziliya hukumati Toshkentda elchixonasini ochmoqchi

Braziliya hukumati tomonidan Toshkentda elchixona ochish masalasini o‘rganib chiqyapti. Bu haqda O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov hamda Braziliyaning AQShdagi elchisi Mariya Viottining Vashingtondagi uchrashuvida ma’lum qilindi.

Uchrashuv avvalida, Mariya Viotti Braziliyaning AQShdagi diplomatik vakolatxonasida O‘zbekistonning Braziliyadagi elchisi (qarorgohi Vashingtonda) etib Furqat Sidiqov tayinlanganligi to‘g‘risidagi ishonch yorlig‘i nusxasini topshirdi.

«O‘zbekiston rahbariyatiga Braziliyadagi o‘z vakilini tayinlash to‘g‘risidagi qarori uchun hukumatim nomidan minnatdorlik bildiraman. Bu endilikda ikki tomonlama kun tartibini sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyitishga xizmat qilishiga ishonaman», – dedi Mariya Viotti.

Furqat Sidiqov, o‘z navbatida, O‘zbekiston Braziliya bilan qishloq xo‘jaligi, sanoat va mudofaa sohalarida keng qamrovli qo‘shma savdo-investitsiyaviy loyihalarni ishlab chiqishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ishonch yorlig‘ining asl nusxasini Braziliya Prezidenti Luis da Silvaga topshirish uchun O‘zbekiston elichisining ushbu mamlakatga tashrifini joriy yilning oxiriga qadar uyushtirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Eslatib o‘tamiz, Furqat Sidiqov  joriy yil may oyi boshida Prezident Jo Baydenga O‘zbekistonning AQShdagi elchisi sifatidagi ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring