Bo‘stonliqda 11,4 gektar yerni 550 000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 11,4 gektar yer maydonini 550 000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti habar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar K.B. va E.K. Bo‘stonliq tumani, «G‘azalkent» QFY hududidan K.B.ga uzoq muddatga vaqtincha foydalanish uchun ajratilgan jami 11,4 gektar bog‘dorchilik yer maydonini boshqa bir fuqaro D.A.ga firibgarlik yo‘li bilan 550 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 50 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter