Bosh prokuraturadan «Nukus voqealari» ishtirokchilariga kuch ishlatilgan yoki yo‘qligi bo‘yicha axborot so‘raldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya a’zolarining navbatdagi yig‘ilishida ayni kunlarda Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tayotgan Nukus voqealari yuzasidan sud majlisidagi sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari tahlil qilindi va ularning Komissiya a’zolariga bildirgan fikrlari bilan solishtirildi.
Yig‘ilishda Mustaqil komissiya a’zolarining sud jarayonlarida ishtirok etishi davomida bu borada yuzaga kelayotgan va keng aholi vakillarini xavotirga solayotgan holatlar o‘rganib chiqilgani ta’kidlandi. Shuningdek, mazkur ma’lumotlarga oydinlik kiritilishini so‘rab Bosh prokuraturaga murojaat qilindi.
Murojaatda ommaviy tartibsizliklarni sodir bo‘lishida aybdor sifatida hibsga olingan 516 nafar fuqaro, hozirda ishi sudda ko‘rib chiqilayotgan 22 nafar ayblanuvchi, yopiq muassasalarda vaqtincha ushlab turilgan boshqa shaxslar, ma’muriy javobgarlikka tortilganlar, shuningdek, tartibsizliklar vaqtida huquqni himoya qiluvchi idoralar tomonidan ortiqcha kuch-vosita ishlatilgan yoki ishlatilmaganligi hamda inson huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan axborot berish so‘raldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter