Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuraturada yashirin iqtisodiyot bo‘yicha alohida boshqarma tashkil qilinadi

Bosh prokuraturada yashirin iqtisodiyot bo‘yicha alohida boshqarma tashkil qilinadi

Prezident ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda qayd etilishicha, yashirin iqtisodiyot va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish bilan 14 ta organ tarqoq holda shug‘ullanmoqda. Ularning faoliyatini muvofiqlashtiradigan yaxlit ish tizimi yo‘q.

Shuning uchun yashirin iqtisodiyot bilan kurashish yangi pog‘onaga olib chiqilishi ta’kidlandi.

Shu maqsadda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyati kuchaytiriladi.

«Shu paytgacha Departamentning tergov yuritish vakolati bo‘lmagani va qonunlarda juda ko‘p huquqiy kolliziyalar mavjudligi sababli samarali ishlay olmadi.

Misol uchun, hozirgi kunda «obnal firma»ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish olti oygacha vaqt oladi. Bu davrda qo‘shtirnoq ichidagi uddaburonlar barcha noqonuniy ishlarini yakunlashga ulguradi.

Shularni hisobga olib, Departament chuqur tahlil, tezkor-qidiruv, taftish va o‘zi tergov qiladigan idoraga aylanadi. Uning rahbari bir vaqtning o‘zida Bosh prokuror o‘rinbosari bo‘ladi.

Departamentga eng zamonaviy axborot tizimlari, maxsus vositalar olib beriladi, iqtisodiy sohalar va chet tillarini mukammal biladigan, fidoyi va vatanparvar mutaxassislar tanlab olinadi.

Departament huzurida Ilmiy-tahliliy va o‘quv markazi ochiladi. Markaz yashirin iqtisodiyotga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlab, ilg‘or xorijiy tajriba asosida takliflar ishlab chiqadi, tizim xodimlarini iqtisodiy jinoyatlarni aniqlash, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitadi», – dedi Prezident.

Shu bilan birga, Bosh prokuraturada ham yashirin iqtisodiyot bo‘yicha alohida boshqarma va uning hududiy bo‘limlari tashkil qilinadi.

Departament 5 ta muhim yo‘nalish: qurilish, farmatsevtika, alkogol va tamaki, noqonuniy import, naqdlashtirish va kapitalni noqonuniy chetga olib chiqish borasida keskin o‘zgarish qilish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring