Bosh prokuratura «Xorazm ishi» bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi
Kecha, 1 aprel kuni Xorazm viloyati adliya va FVB boshliqlarining jirkanch ishlari oshkor qilingani haqida ma’lumot bergan edik.
Holat bo‘yicha Bosh prokuratura rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Bosh prokuratura tomonidan Xorazm viloyatidagi holat bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha chiqarilgan sud hukmi va appelyasiya instansiyasining ajrimlari qonuniyligi o‘rganilgan.
29 mart kuni sudlangan A.Masharipov va A.Kuryazovlarga yengil jazo tayinlanganligi va boshqa holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasi sudiga protest keltirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter